Qovunning 5 ta foydali jihati

  • 14:50 / 22.09.2019
  • 458

Xushbo‘y va totli sap-sariq qovun – nafaqat mazali, shuningdek, juda foydali mahsulotdir. Xo‘sh, Qovunning aynan qanday foydali xususiyatlari bor? 

Ozishga yordam beradi

Tarkib jihatda shiraga boyligiga qaramay, u eng kam kaloriyali mahsulotlardan biridir. 100 gramiga 35 kkal. to‘g‘ri keladi. Qovunning 90 foizi suvdan iborat, uglevodlari esa oson so‘riladi. Shuning uchun ham qovun chanqoq yaxshi bosadi hamda vazn kamayishiga yordam beradi. 

Kayfiyatni ko‘taradi

Qovun birgina xushbo‘y hidi bilan ham tetiklik baxsh etadi. Bunda B guruhi (В1, В2, В5, В6, В9) vitaminlari asab tizimingizning normal faoliyat yuritishi uchun muhim. Aynan ular kayfiyatingiz yaxshilanishiga yordam beradi, xotirjamlik bilan birga o‘zingizga ishonch beradi, ayni vaqtda stressga qarshi kurashishda qo‘l keladi. 

Immunitetni mustahkamlaydi

150 gramm og‘irlikdagi qovun bo‘lagida bizga kunlik muhim bo‘lgan C vitaminining taxminan yarmi bor. Aynan u bizning “immun qalqon”imizni mustahkamlaydi hamda viruslar va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. 


Jigarni, buyraklarni va ichakni tozalaydi

Qovunning po‘stlog‘ida ba’zan B8 vitamini deb ataladigan, aslida vitaminga o‘xshash modda hisoblanuvchi inozit mavjud. U qanday atalmasin, vazifasi – jigar to‘qimalarida yog‘ yig‘ilishining oldini olishdir. Demak sirroz xavf solmaydi! Siydik hamda safro haydaydigan xususiyati tufayli (buni Ibn Sino ham qayd etgan) qovun ayiruv tizimimizning yaxshi ishlashi va organizmning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. Qovun kletchatkalari esa hazm qilish jarayonlarini faollashtiradi. Bu esa ichakda toksinlar va boshqa “qoldiq”larning yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Ayollar salomatligini saqlaydi

Qovunda zamonaviy shaharlik ayollarda juda tanqis bo‘lib borayotgan foliy kislotasi bor. Odatda bu vitaminni bo‘lajak onalar doimiy iste’mol qilishadi, ammo unga yoshidan qat’i nazar barcha ayollar muhtoj. Chunki aynan foliy kislotasi gormonal fonni saqlashga, jinsiy gormonlar balansini boshqarishga, demak, jozibador bo‘lishga yordam beradi. Foliy kislotasi turli qiyin vaziyatlar: homiladorlik, gormonal o‘zgarishlar, menopauza vaqtida kayfiyatning barqarorligini ta’minlashga qodir. Shuningdek, qovunda yoshlikni uzaytirish va tashqi jozibadorlikni saqlashga yordam beruvchi antioksidantlar ko‘p.

Qo‘shimcha qilib shuni aytish joizki, qovunni ovqatdan keyin 2 soat o‘tib iste’mol qilgan ma’qul. Chunki unda dag‘al kletchatka ko‘p, bu esa oshqozon, ichaklar va oshqozonosti bezini zo‘riqtiradi. Shuning uchun aynan shu organlarida muammolari bor odamlar qovun bilan ehtiyotkor bo‘lishlari lozim. Shuningdek, qandli diabetga chalinish xavfi yuqori bo‘lsa, qovundan tayyorlangan shirinliklarga o‘ch bo‘lmaslik kerak. Aytgancha, qovunni sut yoki alkogol bilan iste’mol qilish xavf