Qoyilmaqom innovatsiya: Dubayda quyosh nurlarini yig‘uvchi «aqlli gul» ochildi

  • 18:47 / 03.03.2017
  • 6878

Dubay hokimiyati binosi qarshisida gulsimon quyosh energiyasi generatori ishga tushdi. Uning asosiy vazifasi oftob nurlarini tutib olishga yo‘naltirilgan. 

Hokimiyat bosh direktori Husayn Nosir Luta BAAning birinchi «aqlli gul»ini (Smartflower) Baniyas ko‘chasida aholiga namoyish etdi. 

Quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi «gul» Dubai Holding raisi o‘rinbosari va boshqaruvchi direktori Ahmad ibn Bayat va boshqa amaldorlar ishtirokida ishga tushirildi. 

Avstriya firmasi tomonidan yaratilgan Smartflower ichiga datchiklar o‘rnatilgan novatorlik va innovatsion quyosh paneli hisoblanadi. Uning sensorlari quyosh nurlarini avtomatik tarzda nazorat qilish va tutishga imkon beradi. 

Bu esa 23 foizgacha yuqori samaradorlikni ta'minlab beradi. Shuningdek, tomlardagi an'anaviy quyosh tizimlariga nisbatan yangi loyiha 60 foizdan ortiqroq yaxshi natija beradi.

Bundan tashqari, ob-havoga moslashish mexanizmi BAAda eng yuqori harorat qayd etilgan paytda ham optimal samaradorlikni saqlab beradi.

Lutaning so‘zlariga ko‘ra, «aqlli gul» tashabbusi Dubay hukmdori Muhammad ibn Rashid al-Maqtumning «yashil iqtisodiyotda investitsiya va innovatsiya hajmini oshirish» bo‘yicha aytgan g‘oyasi asosida paydo bo‘ldi. 

«Energiya haqida o‘ylamaslik, kelajak haqida qayg‘urmaslik demakdir», - degan edi shayx Muhammad Emirates Energy 2050 strategiyasini yo‘lga qo‘ygan vaqtida. 

Teglar