Qozog‘iston prezidenti koronavirusga qarshi emlandi 

  • 13:11 / 07.04.2021
  • 79

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart Toqayev koronavirusga qarshi Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqida prezident matbuot kotibi xabar bergan. 

“Davlat rahbari Qarag‘anda farmatsevtika zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Emlashdan keyin uning salomatligi yaxshi. Nojo‘ya ta’sirlar bo‘lmadi”, deyiladi xabarda.

Toqayev fuqarolarni ham imkon bo‘lishi bilan koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirgan.