Qozog‘iston va Qirg‘iziston barcha chegara punktlarini ochishga kelishib oldi

  • 15:03 / 11.06.2020
  • 349

Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Qirg‘iziston Bosh vaziri Muxammedqali Abilgaziyev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Kazinform

Ta’kidlanishicha, suhbat davomida Qozog‘iston–Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘siqlarsiz yuk tashishni ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. 

Tomonlar, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va aholini COVID-19’dan himoya qilish masalalarini ham muhokama qilgan.