Qozog‘istonda bir kunda 363 kishi koronavirus yuqtirib oldi

  • 11:01 / 22.05.2020
  • 83

Qozog‘istonda 22-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 363 nafarga oshib, 7597 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Qarag‘anda viloyatida 130 ta;

– Nur-Sulton shahrida 54 ta;

– Olmaota shahrida 35 ta;

– Chimkent shahrida 31 ta;

– Atirau viloyatida 25 ta;

– Olmaota viloyatida 24 ta;

– Turkiston viloyatida 20 ta;

– Oqto‘be viloyatida 9 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 9 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 8 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 7 ta;

– Jambil viloyatida 7 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 3 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 35 kishi vafot etdi, 3843 nafar bemor davolandi.