Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 5571 kishiga yetdi

  • 11:02 / 14.05.2020
  • 174

Qozog‘istonda 14-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 154 nafarga oshib, 5571 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Olmaota shahrida 50 ta;

– Nur-Sulton shahrida 30 ta;

– Atirau viloyatida 25 ta;

– Oqto‘be viloyatida 8 ta;

– Mang‘istov viloyatida 8 ta;

– Olmaota viloyatida 7 ta;

– Turkiston viloyatida 6 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 6 ta;

– Chimkent shahrida 5 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 4 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 3 ta;

– Jambil viloyatida 1 ta;

– Pavlodar viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 32 kishi vafot etdi, 2408 nafar bemor davolandi.