Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 5689 kishiga yetdi

  • 15:30 / 15.05.2020
  • 255

Qozog‘istonda 15-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 118 nafarga oshib, 5689 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Olmaota shahrida 11 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 8 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 7 ta;

– Chimkent shahrida 5 ta;

– Oqmo‘la viloyatida 4 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 4 ta;

– Mang‘istov viloyatida 3 ta;

– Jambil viloyatida 2 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 1 ta;

– Olmaota viloyatida 1 ta;

– Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 34 kishi vafot etdi, 2531 nafar bemor davolandi.