Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 7000 kishiga yaqinlashdi

  • 11:54 / 20.05.2020
  • 44

Qozog‘istonda 20-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 218 nafarga oshib, 6969 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Ayni vaqtga qadar COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Chimkent shahrida 50 ta;

– Olmaota shahrida 37 ta;

– Nur-Sulton shahrida 32 ta;

– Qarag‘anda viloyatida 24 ta;

– Atirau viloyatida 23 ta;

– Ko‘stanay viloyatida 12 ta;

– G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 10 ta;

– Jambil viloyatida 9 ta;

– Olmaota viloyatida 7 ta;

– Turkiston viloyatida 5 ta;

– Qizilo‘rda viloyatida 5 ta;

– Oqto‘be viloyatida 3 ta;

– Mang‘istov viloyatida 1 ta yangi holat.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan beri 35 kishi vafot etdi, 3598 nafar bemor davolandi.