Quloq tozalagichdan foydalanish xavflimi?

  • 15:10 / 14.08.2019
  • 946

Quloq tozalagich eng xavfli kosmetik vositalardan biri. XXI asrga kelib odamlar undan keng foydalana boshlashdi.

Biroq quloq tozalagichlar, aslida, quloqlar uchun mo‘ljallanmaganidan ko‘pchilikning xabari yo‘q. Agar diqqat bilan qarasangiz quloq tozalagichlar qadogʻiga ishlab chiqaruvchi tomonidan “quloq, ko‘z va burunning ichki sohalarida qo‘llanilmasin” degan mayda yozuv tushirilganini ko‘rasiz. Mutaxassislarning fikriga koʻra, paxta tayoqchalari yordamida quloqlarni tozalash, ayniqsa, uni quloqning ichiga tiqib aylantirish also mumkin emas.

Shifokorlarning aytishicha, quloqlarni tez-tez paxta tayoqchalari yordamida tozalash ularning bitib qolishga olib keladi. Bu orqali siz quloqlar ishlab chiqaradigan shilliq qavatlarning koʻpayishiga va ularning yanada koʻproq ishlab chiqarilishiga  smkon bergan boʻlasiz.

Bundan tashqari, tozalash vaqtida quloq paradalariga shikast yetkazib qo‘yishingiz mumkin. Ayniqsa yosh bolalarga bunday qilish taqiqlandi. Ular uchun bu oʻta xavfli hisoblanadi.

Paxta tayoqchalaridan foydalanish quloqning yalligʻlanishiga olib kelishi va bu keyinchalik surunkali otitga aylanishi mumkin. Oqibatda miningitni orttirib olish hech gap emas.

Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, quloqdan ajralib chiqadigan shilliq modda inson tanasini turli xil bakteriyalardan himoya qilish, mayda hasharotlarning quloq ichiga kirib ketishi oldini olish uchun kerak. Shunday ekan, doimiy tozalash orqali siz ularni himoyasiz qoldirasiz.

Ayniqsa, paxta momigʻini quloqlarda qoldirish juda xavfli. Bu masala Amerika otorinolaringologiya  akademiyasida muhokama qilindi. 

“Paxtalarning eshitish kanalida qolib ketishi tibbiy ekstraktsiyani (uni zudlik bilan olib tashlash kerak boʻladi) keltirib chiqaradi. Biz guvoh boʻlgan holatlardan biri, eshitish kanalida qolib ketgan paxta momigʻi oqibatida miningit va miyada obsess(toʻqimalarning yalligʻlanishi)ni kelitirib chiqargan”, deyiladi akademiya hisobotida. 

Mutaxassislarning fikriga koʻra, quloqlarni tozalashning eng yaxshi usuli – bu sovunli barmoq. Buni dush qabul qilgan paytda amalga oshirishingiz mumkin. Bunda ham barmoqni chuqur tiqish tavsiya etilmaydi. Tozalashdan koʻnglingiz toʻlmasa, yaxshisi, otorinolaringolog huzuriga boring. 

Teglar