Quvvatlagich elektr manbasida qolib ketsa nimalar bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? 

  • 08:07 / 17.05.2020
  • 151

Aksariyat insonlar mobil qurilmani quvvatlashda qonun-qoidalariga amal qilmaydi. Masalan, har kuni duch keladigan oddiy holat: quvvat olayotgan smartfondan foydalanish, to‘liq quvvatga ega bo‘lgan telefonlarni elektr tokidan ajratmaslik yoki quvvatlagichning o‘zi elektr tokidan ajratilmagan holda qolib ketishi. Quyida quvvatlagich elektr tokida qolib ketganda, sizni nimalar kutishini bilib oling. Quvvatlagichni tokdan uzish hech qancha vaqt talab qilmaydi, lekin shunday bo‘lsa ham odamlar bunga juda dangasalik qiladi. Afsuski, beparvolik ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolar talaygina. Balki ular bilan tanishib chiqsangiz, fikringiz o‘zgarishi mumkin. 

Elektr tokini sarflamang! 
Agar quvvatlagich elektr tokidan ajratilmagan holda qolib ketsa, demak, elektr behudaga sarflanmoqda. Garchi, u smartfonga ulanmagan bo‘lsa-da, elektr qabul qilib olishda davom etaveradi. Pulingizni havoga sovurishni istamasangiz, quvvatlagichni tokdan uzishni kanda qilmang. 

Quvvatlagichning umrini qisqartirmang! 

Безопасно ли оставлять зарядное устройство надолго в розетке?

Bordi-yu, quvvatlagichdan to‘g‘ri foydalansangiz u sizga 10 yil xizmat qilishi mumkin. Eng sifatsizlari uch yilga boradi. Lekin doimiy ravishda elektr manbayiga ulanib turadigan quvvatlagich tez fursatda kuchsizlanib boradi. Balki bu tez-tez smartfon o‘zgartiradiganlar uchun sezilmas, ammo bitta telefonni uzoq muddat ishlatadiganlar ushbu muammoga duch kelishi aniq. 

Bolalarni xavfdan asrang! 
Elektr manbasida qolib ketgan quvvatlagich, eng avvalo, bolalar uchun xavf tug‘diradi. O‘zida elektr toki mavjud bo‘lgan quvvatlagich bolajonlar uchun ajoyib o‘yinchoqdek tuyulishi aniq. Uning bo‘sh qolgan bir uchini og‘ziga solishi turgan gap. Bunday holda e’tiborsizlik ortidan bolalar hayotini xatarga qo‘yish ham hech gap emas. 

Uyingizni yong‘indan asrang! 

Что будет, если зарядку без телефона оставить в розетке?

Har qanday sharoitdan kelib chiqqan yong‘in inson hayoti uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Elektr manbayida qoldirilgan bir parcha quvvatlagich elektr tokining bir maromda bo‘lmasligi, shuningdek, qisqa tutashuv tufayli qizishi hamda erib ketishi mumkin. Aksariyat hollarda portlab ham ketadi. Bunday noxushliklar yong‘in keltirib chiqarishi, qolaversa, butun oilangiz hayotini katta xavf ostida qoldirishi mumkin. 

Yuqorida kelib chiqishi oson bo‘lgan oddiy holatlar sanab o‘tildi. Ularning oldini olishingiz yoki yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishingiz ham mumkin. Albatta, har ikkisi ham o‘zingizga bog‘liq. Quvvatlagichni uzib qo‘yishni unutmaslikning eng yaxshi usuli, telefon quvvati to‘lgandan so‘ng birinchi bo‘lib smartfoningizni emas, balki quvvatlagichni uzishga odatlaning. Bu odatingiz ortidan hech qanday ko‘ngilsizliklar yuz bermasligiga ishonamiz.