Quyi Chirchiq tumanida avtobuslar YTH’ga uchradi. Qurbon bor

  • 11:25 / 08.11.2019
  • 627

Bugun – 8-noyabr kuni soat 07:15 lar atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, “Oqqo‘rg‘on – Quyi Chirchiq – Yangiyo‘l” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Isuzu” avtobusi mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lib YTH’ga uchradi. Bu haqida Toshkent viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Yo‘lovchilardan bittasi vafot etdi

Ikkita avtobusda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘lovchilarning bir nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.