Radioaktiv chiqindilardan tozalovchi mikrobot yaratildi

  • 14:21 / 03.11.2019
  • 148

Foto: pixabay.com

Kimyogarlar yadroviy chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida muntazam izlanishda.  Yaqinda atom elektrostansiyalarining suyuq chiqindilari tarkibidagi uranni samarali yig‘ib oladigan kichkinagina, oddiy moslama yaratildi.  

Pragadagi Kimyo va texnologiya universitetining Martin Pumer rahbarligidagi olimlar o‘z maqolasida bu moslamaga atroflicha ta’rif berilgan. Ilmiy maqola “ACS Nano” jurnalida chop etilgan.

Ma’lumki, hozirgi kunga kelib, dunyoda 192 ta atom elektrostansiya ishlab turibdi. Ular atrof-muhitga issiqlik elektrostansiyalariga qaraganda ancha kam zarar keltiradi. Biroq AESlardan chiqadigan radioaktiv suyuqliklar mavjud. Ana o‘sha suyuqlikni xavfsizlantirishning choralari ko‘rilgan. Buning uchun, albatta, boshqa bir kimyoviy ishga qo‘l uriladi. 

Agar tavsiya qilinayotgan yangi mikrobot qo‘llanilsa, kimyoviy tozalash shart emas.  Moslama o‘sha radioaktiv suyuqlik ichiga yuboriladi. U suyuqlik tarkibidagi uranni, shuningdek, stronsiy, seziy kabi boshqa radionuklidlarni to‘laligicha o‘ziga tortib oladi.   Moslamaning ish samarasini oshirish uchun katalizator sifatida temir oksidining nanobo‘laklarini qo‘llagan olimlar, magnit yordamida uni suyuqlikdan osongina tortib olish mumkinligini ta’kidlashmoqda,  deyiladi nauka.vesti.ruda.