Rahbar sizni qadrlashini anglatadigan 8 belgi

  • 09:48 / 03.05.2019
  • 4706

Rahbaringiz siz haqda qanday fikrda ekanini quyidagi ma'lumotlar orqali aniqlash mumkin.

Har qanday ishda ham rahbar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish – kasbiy muvaffaqiyatning ajralmas qismidir. Oxir-oqibat, karerangiz uning qo‘lida. Ishga olish, lavozimni oshirish yoki ishdan bo‘shatishni u hal qiladi.

Bates Communications kompaniyasi ijrochi direktori va «All the Leader You Can Be» kitobi muallifi to‘g‘ri yo‘lda ekaningizni bildiradigan, ko‘zga ko‘rinmas belgilarni payqashda yordam beradi.

  1. Sizga nisbatan qattiqqo‘l

Rahbar salohiyatingizni ko‘rib, ishingizga ko‘pincha baho beradi, biroq har doim ham ijobiy emas. Ba'zilar bu tamoyilni «uradimi – demak sevadi» deb atagan bo‘lishardi. Buning bari rahbaringiz uning tanqidini to‘g‘ri qabul qilasiz va ko‘proq mas'uliyatga tayyorsiz deb hisoblashi bilan bog‘liq.

Boshqa variant ham bor: sizni tanqid ham qilishmaydi, maqtashmaydi ham. Rahbar siz o‘z qadringizni bilasiz deb o‘ylashi, taltayib ketishingizni istamasligi yoki vazifalarni doim yaxshi bajarganingiz uchun ijobiy baho qo‘yishni unutishi mumkin. Yoqimli so‘zni kutib o‘tirish o‘rniga ishingiz bo‘yicha munosabat bildirishni so‘rang. Shunday qilsangiz, samaraliroq bo‘ladi.

  1. Sizni sinashadi

Vaqti-vaqti bilan ishga ko‘mib tashlashlari yomon emas.

Rahbar ba'zida siz eplay oladigan hajmdan ko‘ra ko‘proq vazifa beradi. Biroq sizni jazolash maqsadida emas. Bu o‘ziga xos tahdid bo‘lib, uni qabul qilgach, keyingi safar o‘z qadringizni isbotlay olasiz.

Syuzanna Beyts, CEO Bates Communications

  1. Fikringizni qadrlaydilar

Boshlig‘ingizga yoqish-yoqmasligingizni o‘ylab xavotirga tushishni bas qiling. Chunki eng muhimi – sizni hurmat qilishi, jiddiy masalalarda fikringizga quloq solishi. Kompaniya rivojiga katta hissa qo‘shayotgan bo‘lsangiz, o‘zaro simpatiya katta ahamiyat kasb etmaydi.

Agar rahbar yig‘ilishda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan ko‘pincha fikringizni bilishga qiziqsa, keyin esa uni ijobiy baholasa, bu - yaxshi belgi.

Bryus Tulgan, CEO Rainmaker Thinking

  1. Sizga birinchi bo‘lib murojaat qilishadi

Agar yangi vazifa bilan rahbar birinchi bo‘lib sizga murojaat etsa, bu sizda qimmatli xodimni ko‘rishlarining belgisi. Oddiy masalani hal qilish bo‘ladimi yoki jiddiy loyihaga kirishishmi, buning ahamiyati yo‘q.

  1. Sizni namuna qilib ko‘rsatishadi

Boshqa xodimlar vazifalarni bajarishda qiynalayotgan bo‘lishsa, rahbar ularni sizga yordam, ko‘rsatma berishingiz yoki namuna ko‘rsatishingiz uchun yuboradi.

  1. Muhim vazifalarni sizga ishonishadi

Agar muhim mijozlar bilan shug‘ullanishni sizdan so‘rashsa, bu sizga ishonishlarini ko‘rsatuvchi aniq belgi. Rahbarlar ko‘pincha majburiyatlarni eng iste'dodli ishchilar orasida taqsimlaydilar. Balki buning uchun medal olmassiz, biroq muhim loyihaga kirisha olasiz.

  1. Ishlaringiz bilan qiziqishadi

Agar rahbar sizni qadrlab, bunday xodimni yo‘qotishni istamasa, vaqti-vaqti bilan rejalaringiz, barchasi sizni qoniqtirayotgani bilan qiziqadi. Bu so‘rovga tortish emas, bu - yaxshi xodimlarni qanday qilib «ushlab qolish»ni tushunishda yordam beradigan suhbat.

  1. Sizdan boshqalarga o‘rgatish so‘raladi

Agar rahbar yangi xodimlarni sizga «topshirsa», qo‘shimcha ish berayotgandek tuyulishi mumkin. Ba'zi hollarda rostdan ham shunday.

Biroq bu sizning muvaffaqiyatlaringizdan qoniqayotgani va yangi xodimlar ustozdan o‘rganishini istashini ham anglatadi. Ortiqcha ishdan nolish o‘rniga shaxsiy yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish va tajribangizni namoyish etish imkoniyatidan foydalaning.

Teglar