Rasman: Abituriyentlarning uchtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi tasdiqlandi

  • 02:34 / 14.05.2019
  • 386

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga oliy ta'lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma'lumotni test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi esa test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.