Rasman: Svetlana Artikova Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi

  • 09:18 / 08.11.2019
  • 124

Foto: senat.uz

Senator Svetlana Artikova O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida O‘zbekiston Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi Farmoniga asosan Artikova Svetlana Baymirzayevna O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ma’lumot uchun, S. Artikova tayinlovga qadar O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha ijtimoiy tarmoqlardagi norasmiy manbalarda Senator Svetlana Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangani haqidagi xabarlar chiqqan edi. Xabardor.uz muxbiri ushbu ma’lumotni tekshirish uchun Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘laib, “bu borada rasmiy ma’lumotlar yo‘q”, degan javob olgan edi.