Rasman: “Tashkent City”dagi inshoot tomi qulab tushgani yolg‘on

  • 11:32 / 03.12.2019
  • 120

Kuni kecha, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent City” Kongress-markazi tomi qulashi haqida xabarlar tarqaldi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlandi, deya ma’lum qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati. 

Hozirda yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun: “Tashkent City”dagi Kongress-markazi hudud seysmik jihatlari inobatga olingan holda, zilzilabardoshligi 9 ballgacha.