Rasman: YeChL va Yevropa Ligasi finallari qoldirildi

  • 08:15 / 24.03.2020
  • 99

Koronavirus so‘nggi vaqtlarda Yevropada keng tarqalgani sababli UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi finallarini noma’lum muddatga ortga surishga qaror qildi. Biroq hozircha ushbu finallarni o‘tkazish sanasi taklif qilinmagan.
Dastlabk YeChL finali 30-may (Istanbul) va Yevropa Ligasi 27-may (Gdansk) kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 
UEFAning 17-mart kuni o‘tkazgan kongressida Yevropa Chempionlar Ligasini 27-iyun, Yevropa Ligasi finalini 24-iyunda o‘tkazish variant taklif qilingan edi.