Rasmda fotoshop bor yoki yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

  • 13:55 / 08.11.2019
  • 128

Avvallari grafik fotoshoplardan faqatgina veb-dizayner va grafik dasturlar ishlab chiqaruvchilarigina foydalana olardi. Hozirda esa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z shaxsiy rasmlari bilan jozibali ko‘rinishni istagan har qanday inson bu kabi dasturlardan unumli foydalanmoqda. Bunday go‘zal suratlar esa har qanday insonning ko‘zini “aldaydi”. Xo‘sh, yangi do‘stlar orttirishda uning suratiga qarab aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
 
Suratda fotoshop qo‘llanilgan yoki aksincha ekanligini qanday aniqlash mumkin?

Noreal chiroyli rasm
Agar qarshingizda hech qanday kamchiliklarsiz juda chiroyli rasm turgan bo‘lsa, bu, albatta, fotoshop hosilasidir. Shuningdek, quyidagi belgilar fotoshopni oshkor qilishga yordam beradi:

• Notabiiy tishlar va ko‘z gavhari;
• Predmet konturlarining juda yumshoqligi;
• Yuz rangining mukammal darajada tekisligi;
• Rasmdagi ranglarning juda yorqinligi;
Fotoshop qilingan suratni kattalashtirib ko‘rish yo‘li bilan darrov tanib olish mumkin. 

Fon “suzadi”
Tajribasiz fotoshopchi inson tanasi shaklini o‘zgartirishi bois orqadagi fon “suzadi”. Juda katta ko‘krak, xipcha bel yoki erkaklardagi katta-katta mushaklar fotoshop natijasidir.

Rasmni yanada aniqlashtirish uchun tana ortida turgan obyektlarning notabiiy qiyshayganligiga e’tibor bering.      

Fokusning mavjud emasligi

Har qanday kamera muayyan obyektlarga fokusni jamlagan holatda suratga oladi. Shu sabab uzoq va yaqindagi predmetlar bir xilda yaqqol ko‘rinmaydi.

Uzoqda turgan uy va yaqinda turgan odam rasmda bir xilda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan bo‘lsa, demak bu rasm fotoshopda tekislangan.   

Ideal odamlar

Inson terisi ideal darajada tekis emas, unda tabiiy ajinlar, teshikchalar, mayda sochlar ko‘rinib turadi. Agar inson terisi aql bovar qilmas darajada nuqsonsiz bo‘lsa, bu montaj hosilasidir. Oqibatda insonning qosh va kipriklari notabiiy o‘zgaradi, teri ham plastmassa teriga o‘xshab qoladi.

Ayrimlar fotoshopni berkitish uchun rasm ustiga “shovqin” (shum) deb ataluvchi effektni qo‘shishadi. Bu holatda butun rasm bo‘ylab mayda nuqtachalar paydo bo‘ladi. Mazkur kamchiliklar kattalashtirilib ko‘ringan suratda darhol seziladi.

Noto‘g‘ri soya

Fotoshopni aniqlashning yana bir usuli bu, soyaning noto‘g‘ri taqsimlanishidir. Ayrim suratdagi obyektlar soya tushirmaydi yoki ularga quyosh nuri turli tomondan tushadi. Bularning bari sifatsiz ishlangan fotoshopga ishora qiladi.

Teglar