"Real" rahbariyati klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning jurnalistlar bilan aloqasini taqiqlab qo‘ydi

  • 08:48 / 12.08.2019
  • 334

 "Real" rahbariyati klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning matbuot bilan aloqasini kamaytirmoqchi. Bu haqda AS xabar bermoqda. 

Mutaxassisga kecha, 11-avgust kuni bo'lib o'tgan "Olimpiko" stadioni maydonidagi mahalliy "Roma" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashish taqiqlandi. 

Manbaning so'zlariga ko'ra, bunga madridlik murabbiyning futbolchilar transferi haqida bildirgan fikrlaridagi haddan tashqari hissiyot va keskinlik sabab bo'lishi mumkin.

Avvalroq, bosh murabbiyning uelslik qanot himoyachisi Garet Beyl haqidagi keskin fikrlari ham turli muhokamalarga sabab bo‘lgandi.