“Real”ning sobiq prezidenti koronavirus sabab vafot etdi

  • 13:45 / 22.03.2020
  • 196

“Real” futbol klubining sobiq prezidenti Lorenzo Sans 77 yoshida koronavirus tufayli vafot etdi, deb xabar beradi RIASport.

Sans koronavirus belgilari bilan kasalxonaga olib borilgan. Keyinchalik test natijaslari Sansda virus borligini tasdiqlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Sans “Real” prezidenti sifatida 1995-yildan 2000-yilgacha faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Yuventus klubi futbolchisi Paulo Dibalada ham koronavirus aniqlangandi.