Rekord qayd etgan eng katta porsiyali 10 ta taom

  • 12:23 / 16.04.2015
  • 4502

XABARDOR.UZ - Taom insonning yashashi uchun eng asosiy omil hisoblanadi. Lekin hozirgi kunga kelib, taomga shunday e'tibor qaratildiki, u o‘zining iste'mol qilinadigan narsa, degan tushunchasini yo‘qotib, qandaydir san'at asarlariga o‘xshab qoldi. Shu sabab hozir odamlarni taom turi bilan hayron qoldirishning ilojisi yo‘q. Lekin ular baribir hayron qoldirishning boshqa yo‘llarini izlab topishmoqda. Misol uchun “Gennisning rekordlari” kitobiga kiradigan darajadagi porsiyalar bilan.

10. Eng katta muzqaymoq

O‘tgan yili AQShning Viskonsin shtatida joylashgan Sedarbergda o‘tkaziladigan qulupnoy festivalining kechasida  “Kemps Diary” kompaniyasi dunyodagi eng katta muzqaymoqni tayyorlab, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu muzqaymoq 733 konteynerda, futbol maydoniga teng keladigan joyda tayyorlandi. Buning uchun Amerikaning taniqli muz haykaltaroshlari uzoq vaqt mehnat qilishdi. Muzqaymoq dunyodagi eng katta muzqaymoq vaflisi yordamida yasaldi va uning og‘irligi 1365 kg. ni tashkil etdi. Bu qilingan ish “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritildi.

9. Yeryong‘oq yog‘i yordamida eng katta likop

Vermontdagi (AQSh) qandolatchilik do‘koni egasi Nik Montening miyasiga yeryong‘oq yog‘idan likopcha yasash fikri kelib qoldi. 2013 yili u bu g‘oyasini amalga oshirdi. Buning uchun u 104 kg. shokoladni yeryong‘oq yog‘iga aralashtirdi va qo‘llari yordamida diametri 1,5 metr keladigan likop shaklini yuzaga keltirdi.  Yeryong‘oq yog‘i uni to‘latish vazifani o‘tadi.

8. Eng katta vafli

Nonushta — yeyilishi kerak bo‘lgan eng asosiy taom hisoblanadi. Agar unda vafli bo‘lsa yana ham yaxshi, agar u 50 kg. li bo‘lsa yanada a'lo. 

Xuddi ana shunday og‘irlikdagi vaflini “Stichting Gouda Oogst” kompaniyasi tayyorladi. 2013 yili Niderlandiyada diametri 2,47 m. bo‘lgan vafli yasalgan. Uni tayyorlash uchun 60 kg. masalliq va 15 kg. sirop kerak bo‘ldi. U trextonli tovada pishirildi. Shahar meri vaflini tatib ko‘rgach, uni 3000 bo‘lakka bo‘lib, tomoshabinlarga tarqatishdi.

7. Eng katta shokoladli tanga

Eshitilishi juda go‘zal, lekin rostan ham og‘irligi 658 kg. li shokoladli tanga yasaldi. Uni 2012 yili Italiyaning Baloniya shahrida “BF Servizi SRL” kompaniyasi tomonidan uyushtirilgan “Ciocco Show Exhibition” ko‘rgazmasida taqdim etishdi.

6. Eng katta xot-dog

Amerikanikaning xot-dogi dunyoda eng tez tayyorlanadigan taom hisoblanadi. 2011 yili Den Ebbet tomonidan dunyodagi eng katta xot-dog yaratildi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritildi. Uning og‘irligi 3,18 kg, uzunligi 41 sm, diametri esa 10 sm. ni tashkil etadi. Istagan odam uni 40 dollarga sotib olishi mumkin.

5. Dunyodagi eng katta pitssa

2012 yilgi “Eng katta pitssa” unvonini italiyaliklar qo‘lga kiritishdi. Bundan oldingi rekord JARda o‘rnatilgan bo‘lib, 22 yil davomida saqlanib kelinayotgan edi. Italiyaliklarning “Margareta” pitssasining diametri 40 metr. Uni tayyorlash uchun testadan tashqari, 9 tonna un, 4536 kg. tomat sousi, 3992 kg. motsarella pishlog‘i, 675 kg. margarin, 250 kg. tuz, 100 kg. salat barglari va 25 kg. sirka ishlatildi. Pitssaning umumiy og‘irligi 23 250 kg. ni tashkil etdi. Uni 48 soat davomida besh nafar italyan oshpazi 5000 ta qismlarga ajratib tayyorlashdi. Rekord qayd etib bo‘lingach, pitssa mayda bo‘laklarga bo‘linib, Rim aholisiga tarqatildi.

4. Eng katta somsa

Og‘irligi 110,8 kg bo‘lgan, masallig‘i poliz ekinlaridan tashkil topgan eng katta somsa Bredford kolleji tomonidan Buyuk Britaniyaning “Prashad” yulduzli restorani hamkorlikda 2012 yilda pishirildi. Somsa uchburchak shaklda bo‘lib, uning hajmi 135 × 85 × 29 sm. ni tashkil etadi. Masalliqni tayyorlash uchun 60 kg. kartoshka, 25 kg. piyoz, 15 kg. no‘xat, 12 ta achchiq koriandr, 300 ta chili qalampiri va 250 butilka o‘simlik moyi ishlatildi.

3. Eng uzun sendvich

Uchta jamodan tashkil topgan 136 nafar odam sendvichning ichini to‘ldirish uchun yana 639 nafar yordamchidan foydalanib, 2011 yili dunyodagi eng uzun sendvichni tayyorlashdi. Bu mazali taom Livanda tayyorlangan bo‘lib, uning og‘irligi 557 kg. ni, uzunligi esa 735 metrni tashkil etdi. Sendvichga ishlatiladigan non, to‘rtta duxovkada bir kun davomida pishirildi. Masallig‘i esa tovuq go‘shti va salat bargi, pomidor, bodring, mayaniz, tuz, sirka, xantal va oq qalampir, limon soki, ziravorlar va koriandr ishlatildi.

2008 yili Eronda ham yangi rekord o‘rnatishga urinib ko‘rishgan edi. Bu urunish omadsizlikka uchradi. 1500 metrga ega bo‘lgan bu sendvichni og‘irligi 700 kg. bo‘lib, uning masallig‘iga 700 kg. tuyaqush go‘shti, 700 kg. tovuq go‘shti ishlatilgan edi. Uni og‘irligi o‘lchanayotgan bir paytda olomon sendvichni bo‘laklarga bo‘lib, talab ketishdi va o‘lchash imkonini qoldirishmadi.

2. Eng katta kastryulda tayyorlangan suli bo‘tqasi

2012 yili Irlandiyada o‘tkazilgan festival paytida katta kostryulda og‘irligi 1380 kg. li suli bo‘tqasi tayyorlandi. Shu bilan rossiyaliklar o‘rnatgan rekord yangilandi. Ular 865 kg. suli bo‘tqasi tayyorlangan edi. Bu rekordni o‘rnatish uchun diametri 1,4 m, balandligi 1,7 m. bo‘lgan maxsus kostryul yasaldi. Bo‘tqani tayyorlash uchun 150 kg suli, 1,21 tonna suv va 30 litr suv ishlatildi.

1. Bokallardan yasalgan eng baland favvora

Bu rekordni Belgiyada bo‘lib o‘tgan eng katta kechada o‘rnatishdi. 2008 yili Lyuk Broos o‘z jamoasi bilan 43 680 ta xrustall bokallardan favvora yasadi. Bu 63 qavatdan iborat edi. Hamma bokallarni to‘ldirish uchun qancha ichimlik ketganini tasavvur etish qiyin. Umumiy sarf qilingan mablag‘ning esa o‘ylashning ham hojati yo‘q.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Teglar