Rektor o‘zining qadrli kitoblarini talabalarga sovg‘a qildi

  • 12:08 / 03.02.2020
  • 267

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularning ma’naviy, ilmiy salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shish maqsadida “Kitob taqdim et!” aksiyasi boshlandi.

Mazkur aksiyada O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov o‘zining ko‘p yillar mobaynida sevib mutolaa qilib kelgan ellikka yaqin ilmiy, diniy-ma’rifiy hamda badiiy adabiyotlarini talabalarga taqdim etdi.

Aksiyaga akademiyaning qolgan rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar ham qo‘shilib, o‘zlarining qadrli va noyob kitoblarini akademiya kutubxonasiga tuhfa etishdi.