Relslarni tozalashning noodatiy usuli

  • 12:19 / 21.12.2014
  • 3047

Bu haqida baralla aytilmagan bo‘lsa-da, relslarga yaproqlarning tushishi poyezd mashinistlari uchun jiddiy muammolar yaratadi. G‘ildirakka yaproq yopishib qolsa, lokomativning to‘xtash muddati sezilarli darajada uzayadi. Gollandiyalik muhandislar mazkur muammoning noodatiy yechimini topishdi.

“Engadget” manbasi bergan xabarga ko‘ra, golland temir yo‘llarida poyezd harakati mobaynida relslarni yaproqlardan tozalovchi yangi lazer tizimi sinovdan o‘tkaziladi. Ta'kidlanishicha, mana shu maqsadda oldin suv va qumdan foydalanilgan, biroq bunda bitta kamchilik, ya'ni uning tugab qolishi holati kuzatilgan. Bundan tashqari, suv orqali tozalashda relslarning o‘ziga katta zarar yetadi.


Ayni paytda yangi tizim poyezd soatiga 80 kilometr tezlikda  harakatlanganda faoliyat olib bora oladi. Muhandislar kelajakda qurilmani takomillashtirib, yuqori tezlik davomida ham undan foydalanish imkoniyatini yaratishni rejalashtirayapti.
Darvoqe, muhandislar lazerni faqatgina yaproqlarni tozalashgagina emas, yo‘llardagi harakatga g‘ov bo‘luvchi boshqa axlatlarni yo‘q etish ishlariga jalb etmoqchi.

 

Teglar