Respublika bo‘ylab karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi

  • 13:10 / 24.03.2020
  • 264

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.

Bu haqda joriy yil 23-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining:

bir hafta muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qarashli sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi choralarini ko‘rishi;

karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari qurilishini qisqa muddatlarda ta’minlashi belgilab berildi.