Respublika miqyosida 325 nafar fuqaroning karantin tartib-qoidalarini buzganligi aniqlangan

  • 15:23 / 26.03.2020
  • 149

Foto: xabardor.uz

Bugun, 26-mart kuni AOKA huzuridagi shtabda Milliy gvardiya  yuridik ta’minot va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma'lum qilinishicha, fuqarolarning yashash joylarida karantin tadbirlarini ta’minlash maqsadida respublika bo‘ylab 5 mingdan ortiq uylar va xonadonlar Milliy gvardiyaga biriktirilgan bo‘lib, ularni qo‘riqlash uchun 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi va xodimlar jalb etilgan.

Shuningdek, karantin tartib-qoidalarini buzgan 325 nafar fuqaro aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu keltirlayotgan ko‘rsatkichlar joriy yilning 25-mart kunigacha aniqlangan holatlardir.