Respublika ta’lim markaziga yangi direktor tayinlandi

  • 12:23 / 16.06.2020
  • 348

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Xalq Talimi Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Shuhrat Sattorov 2020-yilning fevral oyidan beri mazkur markazda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“U 2004–2008-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika, 2008–2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning Ommaviy aloqalar va jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2018–2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida Davlat, biznes va tadbirkorlik fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan”, deyiladi xabarda.