Rimda suvni sotib olish shartmi? Fontandan ichsa ham bo‘ladi-ku!

  • 16:35 / 15.08.2019
  • 136

Agarda Rimga sayohat qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu juda to‘g‘ri tanlov. Ayniqsa, yoz faslida u yanada jozibador ko‘rinishga ega bo‘ladi. Jazirama issiqda chanqashingiz aniq, bunday holatga duch kelsangiz, suv xarid qilishga shoshilmang, tabiiy minerallarga boy favvoralar sizning joningizga oro kiradi. Shahar bo‘ylab tozalangan ichimlik suv moslamalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular bir necha ming yillar avval o‘ylab topilgan. O‘zgacha ta’mga ega iste’mol suvi orqali sayyohlarga bo‘lgan e’tibor va hurmatni ko‘rish mushkul emas. Chet elliklar uchun nafaqat favvoralar, balki ko‘chalar bo‘ylab o‘rnatilgan ichimlik suv moslamalarini ko‘rib, sayr qilish o‘zgacha zavq beradi. 

Rimda o‘rnatilgan favvoralar shaharning diqqatga sazovor joylari kabi mashhurdir. Shaharda qad ko‘targan noodatiy va ajoyib shakllardan kelib chiqib, mahalliy aholi  ularga “nasone”, ya’ni “katta burun” deb nom bergan. Buning sababi shundaki, turna kabi joylashgan favvoralar ilgak burun shaklini eslatib yuboradi.

Почему в Риме можно не покупать воду: питьевые фонтаны, из которых течет чистая вода

 Bir qarashda bu ne’mat behuda sarf qilinadigandek ko‘rinadi. XXI asrda suv tanqisligi dolzarb muammo bo‘lib turgani hammamizga ma’lum. Biroq Rimda suvning o‘n foizigina bekor ketadi, holos. Qolgan to‘qson foizi shaharning maishiy ishlari uchun sarflanadi. 

Почему в Риме можно не покупать воду: питьевые фонтаны, из которых течет чистая вода

Buloqday otilib chiqayotgan muzdek suv 32 kilometr masofadan qadimgi rimliklar tomonidan Akveduk quvurlari orqali keltirilgan. “Katta buruncha”larga iste’mol suvi Brachchano ko‘lidan oqib keladi. U yerga to‘qqizta suv haydab beradigan mexanizmlar o‘rnatilgan. Ular taxminan olti yuzta havza va 39 ta favvoralarni oziqlantiradi. 

Почему в Риме можно не покупать воду: питьевые фонтаны, из которых течет чистая вода

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Rimda suvlarning 50 foiz eski quvurlar tufayli “yo‘qotiladi”. Shu boisdan ham mutaxassislar tomonidan suv ta’minotini to‘xtatmaslik maqsadida doimiy ravishda maxsus profilaktika ishlari olib borilib, quvurlar doimo tozalanib turiladi.