Rimning ham o‘z piramidasi bor: Sestiya piramidasi nima maqsadda qurilgan?

  • 14:35 / 28.11.2019
  • 266

Rimdagi sayohatlar, odatda, Kolizey, Panteon va Rim forumi singari dunyoga mashhur antik davrning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, sayyohlarning ko‘pchiligi Rimning ham o‘z piramidasi borligiga shubha qilishadi. Ammo Sestiya piramidasi – Nil vodiysidan tashqaridagi tekis qirralarga ega bo‘lgan yagona va qadimiy piramidadir.

Пирамида Цестия: зачем в Древнем Риме строили пирамиды

Bugungi kunda u ancha eskirgan. Gap shundaki, uning qurilishi miloddan avvalgi 12-yilga to‘g‘ri keladi. U III asrda Aureliya devorining bir qismi bo‘lgan. Ko‘pgina tarixchilar hayratlanarli nomutanosiblikni qayd etadi, ya’ni qariyb 300 yil oldin qurilgan Sestiya piramidasi devorga nisbatan yaxshiroq saqlanib qolgan.

Пирамида Цестия: зачем в Древнем Риме строили пирамиды

Uning balandligi 36 metrga yetadi va binoning asosi 30 metrga teng. U betondan qurilgan, tashqi tomonlari esa marmar bilan qoplangan. Piramida ichidagi devorlarga yozilgan yozuvlarga ko‘ra, u ruhoniylar kengashining a’zosi Gay Sestiyani dafn qilish uchun qurilgan. Uning ichida 4 metrdan 6 metrgacha bo‘lgan xona bo‘lib, u qabr vazifasini bajaradi.

Пирамида Цестия: зачем в Древнем Риме строили пирамиды

Piramida antik davrda talon-taroj qilingan. Keyinchalik XVII asrda Papaning tashabbusi bilan qayta ochilganda, u yerdan hech qanday qabriston yoki biron-bir qimmatbaho buyum topilmagan. U yerdagi qadimgi freskalar va bir nechta buyumlar bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Gay Sestiyaning qoldiqlari ham izsiz yo‘qolgan, ammo tadqiqotchilar bu bino Sestiya uchun qurilganligini piramida yuzasidagi yozuvlardan aniqlashgan.

Ehtimol, bu bino Qadimgi Rim uchun o‘ziga xos holat emas edi. Uning yonidan yana ikkita piramidaning qoldiqlari topilgan. Qizig‘i shundaki, Sestiya piramidasining shakli Sudanda joylashgan qadimgi Afrikaning Meroe shahriga o‘xshaydi.

Cho‘lning o‘rtasida qadimgi Kush davlatining gullab-yashnagan paytida qurilgan 40dan ortiq piramidalar mavjud.