Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya inshootlarining hozirgi xarob ahvoli (foto, video)

  • 06:00 / 14.02.2017
  • 15414

Chiqindilar, loy va butunlay xarobazor. Olimpiya o‘yinlaridan olti oy o‘tib, Rio-de-Janeyrodagi yirik sport inshootlari juda ayanchli ahvolda: mashhur “Marakana” stadioni xarob holatda, suzish basseynlari qurib qolgan, golf maydoni esa loyga to‘la.

Quyida Riodagi mashhur sport obektlarining hozirgi ahvoli tasvirlangan suratlarni taqdim etamiz.

1 million dollarlik qarzi tufayli xarobazorga aylangan mashhur “Markana” stadioni. 

Olimpiadadan so‘ng tashlandiq joyga aylangan golf maydoni. 

Hammasidan ham “Marakana” stadionining ahvoli ayanchli. Qurtlar maysalarni yeb tugatgan, oynalar sindirib tashlangan, tomoshabinlar o‘rindiqlari esa yulib olingan va sindirib tashlangan. Yanvar oyi oxirida mahalliy elektr energiya kompaniyasi stadionni juda ham katta miqdordagi qarzlari tufayli chiroqlarsiz qoldirdi.

Bundan tashqari, stadion bir necha bora jinoyatchilar tomonidan hujumga uchradi. O‘g‘rilar bu yerdan o‘t o‘chirish qurilmalari, ichaklar, televizorlar va sharafiga arena nomlangan jurnalist hamda yozuvchi – Mario Filyaning bronza haykalini o‘marib ketishdi.

“Marakana” stadioni.

Stadionning bu ahvolga tushishida o‘g‘rilarning “xizmati” katta bo‘ldi.

Stadiondagi yulib olingan o‘rindiqlar. 

“Marakana”dagi zaxira o‘rindig‘i. 

Suv sporti turlariga mo‘ljallangan hovuz qurib qoldi va mashg‘ulotlar uchun yaroqsiz holga keldi. Ikki arena, tennis markazi va velodrom ham xarobazorga aylangan.

Suv stadioni ichkarisidagi vaziyat. 

Suv stadioni ichkarisidagi vaziyat. 

Sport inshootlari yetarli darajada o‘yinchilarni jalb eta olmaganligi, Olimpiya qishlog‘idagi turar-joylar esa mahalliy aholi uchun qimmatlik qilgani uchun xarob holatga keldi.

Olimpiya bog‘i. 

Braziliya sport vazirligidan ma'lum qilishlaricha, sport obektlari jismoniy shaxslarning o‘zaro kelishuvi asosida qurilgan. Biroq siyosiy inqiroz va mamlakatda hukumat o‘zgarganidan so‘ng kelishuvlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

Bolalar inshootlardan o‘yin maydonlari sifatida foydalanmoqda. 

Fevral boshida Olimpiya voleybol stadionida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. O‘yinni tomosha qilishga kelgan ishqibozlar Olimpiya bog‘ining holatidan dahshatga tushib, uni davlat pullarining havoga sochib yuborilishi, deb atashdi.

The Guardian gazetasi esa Rio-de-Janeyrodagi sport inshootlarining hozirgi ahvoliga bag‘ishlangan o‘z videosini taqdim etdi.

Ma'lumot uchun, Rio-de-Janeyroda Olimpiya o‘yinlari 2016 yilning 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tgandi...

Teglar