Rishtonda 1000 ta arzon uy-joy quriladi 

  • 12:22 / 25.08.2019
  • 226

Hukumatning Rishton tumanini kompleks rivojlantirishga doir qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan DASTURga koʻra, ushbu tumanda sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun 83 ta investitsiya loyihalari bajariladi.

Shuningdek, 2019-2021-yillarda tumanda maqsadli dasturlar asosida 1000 ta arzon uy-joylar qurilishi hamda 7 181 ta yangi ish oʻrni yaratish nazarda tutilmoqda.

Dastur ijrosi har chorakda mahalliy kengashda muhokama qilib boriladi.