Ronaldu bir koʻrsatkich boʻyicha “Real” sobiq futbolchisining rekordini takrorlashga yaqin

  • 21:40 / 14.09.2021
  • 131

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun “Real”da oʻynagan ispaniyalik sobiq futbolchi Iker Kasilyasning rekordini takrorlaydi. Bu haqda Championat xabar bermoqda.

Yana bir ozdan soʻng Ronaldu MYU safida “Yang Boys”ga qarshi maydonga chiqadi.

Bugun Chempionlar ligasi guruh bosqichidan oʻrin olgan dastlabki tur bahslari boshlanadi. Ulardan birida Shveysariyaning “Yang Boys” jamoasi oʻz maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi.

Yana bir ozdan soʻng boshlanajak bahsda portugaliyalik hujumchi faoliyati mobaynida Chempionlar ligasi doirasidagi 177-oʻyinida ishtirok etadi. U MYUning “Yang Boys”ga qarshi oʻyin asosiy tarkibidan oʻrin oldi.

Eslatib oʻtish mumki, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da olti mavsum davomida 292 ta oʻyin oʻtkazib, 118 ta gol urgan va toʻqqizta sovrinni qoʻlga kiritgan