Ronaldu yana bir rekord o‘rnatdi

  • 10:42 / 02.10.2019
  • 1105

Chempionlar Ligasining 2-turida “Yuventus” o‘z uyida “Bayer”ni mag‘lub etdi (3:0).

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turnirdagi 102-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va bu borada YeCHLda 101ta g‘alabaga erishgan Iker Kasilyasni ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rinni “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xavi (91) egallab turibdi. Shuningdek, Lionel Messi hisobida esa 80 ta g‘alaba bor.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” 2-turdan so‘ng 4 ochko to‘plab, guruhda birinchi o‘rinda bormoqda.

Teglar