Ronaldu yashirincha uylandi  

  • 10:22 / 22.11.2019
  • 275

Foto: news.sportbox.ru

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu uylandi. Bu haqida Eurosport nashri Italiyaning “Novella 2000” jurnaliga tayanib xabar berdi. 

Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nihoyat Jorjina Rodrigesga uylandi. 

Xabarda aytilishicha, Jorjina va futbolchining onasi Dolores Aveyru o‘rtasidagi munosabatlar yomonligi bois tadbir yashirin tarzda o‘tkazilgan. 
Marosimda fotograflar ham qatnashmagan. Er-xotin hozircha to‘y haqidagi ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Jorjina 2016-yildan beri birga. 2017-yilda ularning qizi – Alana dunyoga kelgandi.