Rossiya va Yaponiya fazoviy hamkorlik masalasini muhokama qilmoqda

  • 11:30 / 06.10.2019
  • 302

Foto: Igor Belyayev/TASS

Rossiya va Yaponiya Kioto shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro fan va texnologiyalar forumi doirasida kosmik sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqdalar. Bu haqda Tass xabar berdi.

–Biz Vladivostokda Prezident Vladimir Putin va Bosh vazir Shinzo Abe o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuv natijasida muhokama qilingan kosmik sohadagi hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida gaplashdik, – dedi Akimov.

Shuningdek, u Yaponiya hukumati rahbari bilan uchrashuvda transport va energetika masalalari muhokama qilingani, xususan, Yaponiyaning Kamchatkadagi terminal qurilishida ishtirok etishi, Trans-Sibir temir yo‘lining konteyner tashish imkoniyatlaridan foydalangan holda ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilganini aytdi.

Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar uchun 2016-yilda Yaponiya Bosh vazirining sakkiz banddan iborat rejasi taklif qilingan. Unda energetika, kichik va o‘rta biznes, Uzoq Sharqni sanoatlashtirish va eksport bazasini kengaytirish sohalarida aloqalarni mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Reja ilg‘or texnologiyalar, yadro energetikasi, shuningdek, gumanitar sohalarda ham o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatini nazarda tutadi.

Teglar