Rossiyada koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqarildi

  • 09:10 / 25.05.2020
  • 1745

Rossiya olimlari koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun dori ishlab chiqib, uni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Vesti.ru nashri.

Qayd etilishicha, “Avifavir” deb nomlangan dorining birinchi partiyasi kasalxonalarga jo‘natilgan va u o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan.

“Ushbu dori kasallikning yengil bosqichida bo‘lgan bemorlar uchun juda foydali. Dori ta’sirida pnevmoniyaning alomatlari va hajmi kamayib bormoqda”, dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administrasiyasi Markaziy klinik kasalxonasining bosh kardiologi Nikita Lomakin.

Ta’kidlanishicha, ushbu dorini qabul qilgan COVID-19 bemorlari ikki marta tezroq tuzalgan.

“Kasallikning o‘rtacha davomiyligini 15 kundan 11 kungacha qisqartiradigan Amerikaning “Remdizivir” dorisi bilan taqqoslaganda, bizning preparat kasallik davomiyligini ikki baravar kamaytirganini ko‘ryapmiz. Bu haqiqatan ham noyob dori va uning zarari kam”, deydi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Kirill Dmitriyev.