Rossiyada o‘zbekistonlik uch yoshli bola halok bo‘ldi

  • 18:00 / 02.05.2019
  • 367

Vsevolojskda o‘zbekistonlik uch yashar bola ochiq derazadan tushib ketgani tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Leningrad oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar qilgan.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, 30 aprel kuni ertalab, 2016 yilda tug‘ilgan bola o‘z onasi bilan uyning to‘rtinchi qavatidagi kvartirada bo‘lgan. Xonada maxsus to‘siqlar va bolalardan himoya vositalari bo‘lmagan deraza ochiq turgan. Kattalar nazoratisiz qolgan bola deraza rafiga chiqqan va to‘rtinchi qavat balandligidan pastga tushib ketgan. U olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

«Hozirgi vaqtda tergov ro‘y bergan hodisaning barcha sabablarini aniqlamoqda, tergovga qadar tekshiruv natijalari asosida protsessual qaror qabul qilinadi», - deya aniqlik kiritishdi tergovda.

Eslatib o‘tamiz, 30 aprel kuni ertalab Shishkan ko‘chasidagi uy tagidan yosh bolaning jasadi topildi. Oila o‘tgan yil oxirida O‘zbekistondan Leningrad oblastiga kelgan. 

Teglar