Rossiyadagi qabristondan 22 yoshli o‘zbekistonlikning murdasi topildi 

  • 14:20 / 04.04.2021
  • 72

Peterburgdagi "Babigonskoye" qabristoni kirish qismida noma'lum shaxsning jasadi topilgan.

2-aprel, juma kuni shahar polistiyaga Petergof aholisi tomonidan qabristonda noma'lum shaxsning jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan.

Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, jasad 22 yoshli erkak kishiga tegishli. U O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, murdaning ko‘krak sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan, so‘ngra jasad qabristonning kirish qismiga tashlab ketilgan.

Hozircha O‘zbekiston TIV mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.