Rossiyalik olimlar aniq ishlovchi mitti soat yaratdi

  • 14:38 / 03.11.2019
  • 171

Rosstandart podmoskovye instituti olimlari o‘ta aniq ishlovchi, standart kichik chastotali mitti soat ishlab chiqarishdi.

Ixtiro tajriba bosqichida

“Mazkur kichik standart chastotali soatning ishlab chiqarilishi yakunlandi. Tajriba namunasi yaratildi va hozirda davlat sinovlarini o‘tkazishga o‘tmoqdamiz”, deydi fizika-texnika va radiotexnika o‘lchovlari butunjahon ilmiy-tadqiqot instituti  direktori Sergey Donchenko. 

Uning fikricha, ushbu yangi qurilma AQSh va Isroilning eng aniq soatlaridan hech ham kam emas. Uzoq vaqt davomida harakatning aniqliligi bo‘yicha esa xorij analoglaridan ustun turadi.

Qurilma haqida qisqacha

Olimning aytishicha, gugurt qutisining yarmicha keluvchi ushbu kichkina soat elektron tizimi aloqalar vaqtini belgilash, bankdagi jarayonlarni himoyalash, uchuvchisiz transport va sun’iy yo‘ldoshda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.