Ruiz va Joshua jangi raundlarini “ring qizlar”i e’lon qilmaydi 

  • 12:13 / 02.12.2019
  • 42

Joriy yilning 7-dekabrida Saudiya Arabistonida superog‘ir vazn toifasida Endi Ruiz va Entoni Joshua o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan boks jangida raundlarni qizlar e’lon qilmaydi. Bunga mamlakatdagi qat’iy qonunlar yo‘l qo‘ymaydi. 

“Oqshomning barcha boks janglarida odatda raundlarni e’lon qiladigan “ring girls” qatnashmaydi. Saudiyadagi qonunlar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ayol kishi jamoat joyida ochiq kiyimlarda omma oldiga chiqishi qat’iy taqiqlanadi”, deyiladi isport.ua nashri xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, Endi Ruiz va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang revansh jangi hisoblanib, superog‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamariga aslida kim loyiqroq ekanligiga aniqlik kiritiladi. Boks oqshomi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.