Sahroi Kabir g‘arbidagi yirik shaharlar

  • 13:09 / 22.08.2019
  • 546

Foto: facte.ru

Gʻarbiy Sahroi Kabir Gʻarbiy va Shimoliy Afrikaning Magʻrib rayonida joylashgan bahsli hududlardan biri sanaladi. Bu sayyoradagi aholi eng kam joylashgan yerlardan biri boʻlib, asosan, sahro tekisliklaridan iborat. XX asrning oxiriga qadar bu yerlar Ispaniya mustamlakasi edi.

1961-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻarbiy Sahroi Kabir mustaqil boshqarilmaydigan hudud sifatida tan olgan. BMT ispan hukumatiga 1965-yilda dekolonizatsiya iltimosnomasi bilan murojaat qilgan. 1975-yilda Ispaniya Mavritaniya va Marokash hududlari ustidan nazoratni berib yubordi. 

город эль аюн

Yirik shaharlari

Al-Ayun Gʻarbiy Sahroi Kabirdagi aholisi 217 732 kishidan iborat yirik shaharlardan biri hisoblanadi. Mintaqa aholisining 40 foizidan ortigʻi Al-Ayunda yashaydi. 1938-yilda Antonio Oro aholi yashash punktiga asos solgan. U ispanlarga tegishli boʻlgan Sahroi Kabirning poytaxtiga aylandi. Bugungi kunda u Marokash hukumatiga qarashli Al-Ayun-Sakiya-al-Xamraning poytaxtidir. Shahar ikki qismga boʻlingan.

города западной сахары

Ad-Daxla

Ad-Daxla Atlantika okeani qirgʻogʻidagi Rio-de-Oro yarimorolida joylashgan. U Daxla-Kveb Ad-Daxab poytaxti. Aholisi 106 277 kishini tashkil etadi. Ad-Daxla mustamlaka davrida Rio-de-Oro provinsiyasi poytaxtiga aylanadi. Bugun shahar Mavritaniya va Marokashga tegishli. 1975-yildan 1979-yilga qadar Mavritaniyaning sobiq Tiris-el-Garbiya provinsiyasi poytaxti boʻlgan.

дахла

Smara

Smara kattaligi boʻyicha mintaqaning uchinchi oʻrindagi shahri hisoblanadi. Aholi turarjoy punktiga 1869-yilda Sagiya-al-Xamra viloyatidagi turistik obyekt sifatida asos solingan. Bu yerda avtovokzal va aeroport joylashgan.

город смара

Boxador burni 

Boxador burni Gʻarbiy Sahroi Kabirning shimoliy qirgʻog‘i boʻyida joylashgan. Atrofda joylashgan xavfli marjon qoyalar koʻplab kemalar halokatiga sabab boʻlgan. Portugaliyalik dengizchi Jil Eanesh burun atrofidagi yo‘nalishni 1434-yilda payqagan. Mazkur geografik kashfiyot Afrikaga suzib keladigan yevropalik tadqiqotchi va savdogarlar uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan.
 

побережье западной сахары

Demografiya

Ushbu hududning mahalliy aholisi gʻarbdagi OAVda saxaraliklar sifatida tilga olinadi, biroq Marokashda ular janubiy barbarlar nomi bilan maʼlum. Bu yerda saxravi xalqi – koʻmanchi beduinlar ham yashaydi. Marokashliklarning bir qismi bu hududga koʻchib kelishgan. Hozirgi kunda ularning soni mahalliy saxaraliklar sonidan ortiq. Aholi soni 500 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi.

эль аюн