Saida Mirziyoyeva: Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etildi

  • 15:24 / 20.06.2019
  • 593

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tashabbusi bo‘yicha dasturni amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida Dasturlarni boshqarish ofisi (DBO) tashkil etildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.

«Uning asosiy maqsadi Implementatsiya strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Strategiyaning birinchi versiyasi tayyor, men uni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etaman.

Ma'lumki, Prezidentimizning Beshta tashabbusi avvalo yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini ko‘zlab ilgari surilgan. Bu ish hamjihatlikda qilinsagina samarali bo‘lishiga ishonaman, zero, sa'y-harakatlarimizni birlashtirsak, yangi marralarga erishishimiz mumkin. Shuning uchun yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh yetakchilar va umuman faol, o‘z yurtining taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan fuqarolarni Beshta tashabbusni ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga chaqiraman.

Strategiyaning ishchi versiyasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. O‘z takliflaringizni shu yerda, izohlarda qoldirishingiz yoki quyidagi pochta manziliga yo‘llashingiz mumkin: 5initiativesuzbekistan@gmail.com», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.