Samarador kishilar yakshanba kunlari bajaradigan 4 ta mashg‘ulot

  • 01:14 / 11.05.2019
  • 875

Samarador kishilarning hayot tarzi odatdagidan farq qiladi – ular shaxsiy tizim va qoidalariga ko‘ra ish tutishadi va dam olish kunlarini ham ko‘pchilik kishilarga qaraganda o‘zgacha o‘tkazishadi. Samaradorlik masalalari  bo‘yicha mutaxassis Jami Rumer muvaffaqiyatli kishilar 30-60 daqiqa vaqt sarflanadigan to‘rtta ish bilan shug‘ullanishlarini aniqladi. Ularning odatlari quyidagicha.

Foto: Unsplash

Maqsadlar belgilash

Yakshanba kunlarida samarador kishilar o‘z oldiga kelasi hafta uchun maqsadlarni belgilaydi. Bu mashg‘ulot uchun bir necha daqiqa talab etilishi mumkin.

Ko‘pchilik odamlarda rejalar tuzish odati bor, biroq ular uzoq muddatli (bir yil va uch yilga mo‘ljallangan). Afsuski, ko‘pchilik ularni bajarmaydi, chunki o‘z maqsadlariga erishish uchun doimiy harakat qilishmaydi.

Istalgan maqsadga erishish uchun ularni mayda qismlarga ajratish lozim (kvartal, oy, hafta va kun uchun belgilangan maqsad). Shuning uchun har yakshanba kuni hafta uchun 1-3 ta maqsadni belgilash kerak.

Foto: Unsplash

Kelasi haftani rejalashtirish

Qachon va nima ustida ishlashingizni bilishingiz lozim. Tongda eng muhim vazifalarni bajarish uchun vaqt ajrating. Ana o‘shanda kunning qolgan qismi osonroq o‘tadi. Bundan tashqari, muhim ishlarda doimiy yutuqqa erishasiz.

Foto: Unsplash

Kundalik yuritish

Samarador kishilarning yana bir mashhur odatlaridan biri. Agar sizni biror narsa xavotirga solsa, fikringizni qog‘ozda bayon eting – ancha xotirjam bo‘lasiz. Ongingiz ravshanlashadi va muammolarni hal etish hamda yangi g‘oyalarni o‘ylab topish osonroq bo‘ladi.

Foto: Unsplash

Mutolaa

Kitoblardan sizning yo‘lingizda bo‘lgan odamlarning tajribalarini o‘rganasiz.

Investor Mark Kyuban mutolaa uchun kuniga uch soat vaqt ajratishni maslahat beradi. Bill Geyts uyqudan oldin kamida bir soat o‘qiydi. Uorren Baffet esa mutolaaga kunining ko‘p qismini bag‘ishlaydi.

Teglar