Samarqand “Temurbeklar maktabi” Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga biriktiriladi

  • 13:51 / 08.10.2019
  • 392

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi va harbiy qismlarda Samarqand harbiy-litsey oʻquvchilari uchun taktik, oʻq otish va maxsus tayyorgarlik boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etiladi.

Harbiy-akademik litseylardagi oʻquvchi yoshlarni oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun maqsadli va tizimli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Shu bilan birga harbiy xizmatchi uchun zarur boʻlgan boshlangʻich kasbiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish hamda “Temurbeklar maktabi” oʻquv tarbiyaviy jarayoni sifatini oshirish, zamonaviy shart-sharoit yaratish boʻyicha har tomonlama amaliy yordam koʻrsatiladi.

Shu maqsadda, Markaziy harbiy okrugdagi Samarqand “Temurbeklar maktabi” Qurolli Kuchlar Kichik mutaxasislarni tayyorlash markaziga, Fargʻona va Urganchdagi harbiy litsey esa Qurolli Kuchlar akademiyasi va Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtiga biriktiriladi.