Samarqandda $18 mingga giyohvandlik moddasini sotayotgan ayol ushlandi

  • 13:53 / 23.08.2021
  • 216

Samarqandda IIB xodimlari tomonidan 1 kilogramm 240 og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, 21-avgust kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan, Urgut tumani O‘ramas mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, Urgut tumani “Mirzabog‘lon-Chep” mahallasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan T.I. ismli ayol 18 ming AQSh dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 og‘irlikdagi “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi. 

Bundan tashqari, giyohvandlik moddasini qo‘lga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlandi.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.