Samarqandda ikki nafar eronlik mahalliy do‘kondorni to‘nab ketdi

  • 10:37 / 16.09.2021
  • 151

 
Samarqand viloyati Payariq tumanida ikki nafar eronlik mahaliy do‘kondorni to‘nab ketishdi.

Viloyat IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021-yil 12-sentyabr kuni Payariq tumani IIBga 1981-yilda tug‘ilgan B.Sh. o‘g‘rilik haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Ariza mazmuniga ko‘ra, o‘sha kuni soat 17:00 larda uning savdo do‘koniga xorijlik bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSh dollari pullarini ikkita 50 AQSh dollari kupyuralariga almashtirib berishini so‘ragan. B.Sh. do‘konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o‘sha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSh dollarini o‘g‘irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketgan.
Fuqaro B.Sh. o‘z arizasida ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958-yilda tug‘ilgan R.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1980-yilda tug‘ilgan S.D.lar sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.