Samarqandda palov tayyorlash bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi

  • 12:21 / 29.11.2019
  • 184

Samarqand shahridagi “Bog‘ishamol Garden” majmuasida “Palov – millat birligining ramzi” shiori ostida palov (osh) tayyorlash bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Uzbekistan.travel nashri.

Chempionatda yosh oshpazlar – O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining Xalqaro musobaqalari g‘oliblari ishtirok etdi. Musoba davomida Turkcha osh, Xorazm oshi, Samarqand oshi, Toshkentcha osh, Jizzax va Andijon oshi, Farg‘ona, Qashqadaryo oshi kabi 10 xil turdagi palov pishirilishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Eng mohir oshpazlarning uchligiga Abdullayev Fayzulla – “Bayramona osh” 1-o’rin, Islomov Ismatilla – “Samarqand palovi” uchun 2-o’rin va Obidov Akrom – “Choyxona oshi” uchun 3-o‘rin bilan kirdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon sayyohlik tashkiloti BMT ma’lumotiga ko‘ra (UNWTO, Global Report Research of Food tourizm) sayohatchilarning 79 foizi gastronomik tadbirlar taqvimi va mahalliy oshxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng sayohat rejalarini tuzadi.

Bundan tashqari, tadqiqotga ko‘ra, har uchinchi sayyoh rivojlangan mamlakatda milliy taomlar sayohat qilish uchun turtki deb hisoblaydi, umumiy xarajatlarning 30 foizi esa ovqatlanishga sarflanadi.