Samarqandda qurilishda ishlatilayotgan ko‘tarma kran qulab tushdi

  • 07:14 / 14.10.2021
  • 140

Kecha, 13-oktyabr kuni soat 14:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahrining Ulug‘bek Barnoyev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurishda foydalanilayotgan ko‘tarma kran transporti yuk og‘irligini ko‘tara olmay qulab tushgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa natijasida kran haydovchisi 1991-yilda tug‘ilgan N.T. shahar tibbiyot birlashmasiga yuborilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.