Samarqanddagi do‘kondan 5,1 ming dollar o‘g‘irlagan Eron fuqarolari qo‘lga olindi

  • 20:17 / 16.09.2021
  • 177

12-sentabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumani IIBga 1981-yilda tug'ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 12-sentabr kuni soat 17:00 larda savdo do'koniga tashqi ko'rinishidan chet davlat fuqarosiga o'xshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSh dollari pullarini ikkita 50 AQSh dollari kupyuralariga almashtirib berishini so'raganligini, B.Sh. do'konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o'sha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSh dollarini o'g'irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketganligini, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958-yilda tug'ilgan R.A. hamda uning turmush o'rtog'i 1980-yilda tug'ilgan S.D.lar sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo'lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.