Samarqandlik yigit Kilimanjaro cho‘qqisini zabt etdi

  • 10:58 / 13.02.2020
  • 227

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Sanjar ismli yigit Afrika qit’asidagi eng baland tog‘ cho‘qqilaridan biri bo‘lgan Kilimanjaroni zabt etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarda sayyohning o‘zbekistonliklarga videomurojaati ham keltirilgan. Murojaatda Sanjar o‘zbekistonliklar hali Kilimanjarogacha yetib kelmaganligini alohida ta’kidlagan va vatani uchun sadoqatini izhor etgan. 


Ma’lumot o‘rnida, Afrikadagi eng baland Kilimanjaro tog‘i Tanzaniyaning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, lava, vulqon va kul qatlamlari uyumiga ko‘milgan. Uning uzunligi 900 metrni tashkil etadi. 

Ўзбек йигити Африканинг Климанжаро тоғ чўққисига илк бор Ўзбекистон байроғини олиб чиқди

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabr oyida Sergey Denisenko Nepaldagi Mera cho‘qqisiga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik alpinist bo‘lgan edi. Mera cho‘qqisining uzunligi esa 6461 metrni tashkil etadi.