Samsung o‘z reklamasida yangi iPhone’ga oid hazil qildi

  • 12:33 / 17.09.2019
  • 985

Samsung yangi reklama roligini namoyish etdi. Unda yangi iPhone foydalanuvchilarini Galaxy Note 10ga o‘tishga chaqirig‘ini ko‘rish mumkin. Kompaniya o‘zining smartfonlari ustunligiga dalil sifatida iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro’da bo‘lmagan videodagi fonni xiralashtirish funksiyasini ko‘rsatgan.


Rolik “Galaxy Note 10’da jonli fokus funksiyasi bilan eng muhim narsalarga diqqat qarating”, deb nomlangan. Unda bir ayol Samsung flagmani bilan, erkak esa – yangi iPhone bilan video tasvirga oladi.  


Video “Xiralashtirish orqali kayfiyat ber” chaqirig‘i bilan boshlanib, ayol suratga olish paytining o‘zidayoq videodagi fonni xiralashtiradi. Shu payt ekranda “Qandaydir o‘zgachalik istayapsizmi? Galaxy Note 10’ga o‘ting”, so‘zlari paydo bo‘ladi. 


iPhone’ning o‘n birinchi seriyasida fonni xiralashtirish funksiyasi mavjud bo‘lgan portret rejimi bor, ammo uni faqatgina fotosuratlarga qo‘llasa bo‘ladi, videolarga emas.  Videoga xiralik qo‘shish uchun iPhone foydalanuvchilari yordamchi dasturlardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. 

Teglar